O`rta maxsus ta’lim kasb-hunar ta’limining bir shakli bo`lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo`g`inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko`nikmalarni talab qiluvchi ma’lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o`z ishining ustalarini bo`lgan – texnik, agronom, boshlang`ich sinf o`qituvchilari, feldsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O`rta maxsus ta’lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi.

O`rta maxsus ta’lim umumiy o`rta ta’limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda kasb-hunarga oid bo`lgan malaka va ko`nikmalarni ma’lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan.

Bo`lajak mutaxassislarga ta’lim muassasasi va o`zlariga ma’qul kasbni tanlashda yordam berish uchun e’tiboringizga quyidagi kasb-hunar tayyorlov yo`nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini havola qilmoqdamiz.

O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi

Uch yilga mo`ljallangan majburiy o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi (O`MKHT) uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil ko`rinishi hisoblanadi. U O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshiriladi.

O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib, umumiy o`rta ta’lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o`qish yo`nalishini – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o`z o`rinlarini topishlari uchun aniq bir yo`nalishda ham umumta’lim fanlari bo`yicha bilim berib, ham kasb-hunar ta’limini beradi.

Umumiy o`rta ta’lim negizida har bir bitiruvchi o`qish yo`nalishi bo`yicha yoki kasb-hunar ta’limi kollejini, yoki akademik litseyni tanlashi mumkin.

O`rta maxsus kasb-hunar ta’limi kunduzgi ko`rinishda ikki yo`nalishda akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kollejlari kasb ta’limi bilan bir qatorda akademik litseylar kabi o`rta maxsus ta’lim ham berib, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta’limni davom ettirish, yoki bo`lmasam mutaxassisligi bo`yicha ish bilan shug`ullanish imkonini beradi.

Akademik litsey –o`qish uch yilga mo`ljallangan o`rta maxsus yo`naltirilgan o`quv dargohi bo`lib, davlat ta’lim standartiga mos ravishda o`quvchilarning bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo`naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademik litseylarda o`quvchilar ta’lim yo`nalishini ixtiyoriy ravishda – gumanitar, tabiiy fanlar yo`nalishi tarzida tanlaydilar.

Akademik litseylar oliy o`quv yurtlari qoshida ochilgan bo`lib, qoidaga muvofiq asosiy e’tibor oliy o`quv yurtlarining yuqori malakali o`qituvchilarini litseydagi o`quv jarayoniga jalb etish, kerak bo`lsa OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o`quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.

Akademik litseydagi yo`naltirilgan, chuqurlashtirilgan o`quv jarayoniga zarur bo`lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi.

Kasb-hunar kollejlari – o`rta maxsus va kasb ta’limini beradigan o`quv dargohi bo`lib, unda uch yil mobaynida ta’lim olinadi. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o`rta ta’lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o`rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo`nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni tanlashlari mumkin.

Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo`nalishiga mos yo`nalishga ega bo`lgan oliy o`quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi.

O`quv muassasasining maqsadi o`rta-maxsus kasb-hunar ta’limi berishdir

Kollejda ta’lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta’lim dasturlari asosida bilim beriladi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o`rta ta’lim va kasb ta’limi dasturlari quyidagi tarzda qo`llanadi:

 

  • Uchta bosqichda.
  • Har bir bosqichda o`quv jarayoni nihoyasiga yetgach, o`quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o`tkaziladi.
  • O`quv yili ikki semestrdan iborat hamda o`quv ta’tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi.
  • O`quvchilar guruhlarga o`qitish kurslari, yo`nalishlari asosida ajratiladi.
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida auditoriya mashg`ulotlari uchun akademik soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg`ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.

 

 

O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilariga o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olganligi haqidagi quyidagi namunada diplom beriladi:

 

  • Akademik litseylar uchun fanlar o`qitilganligini yo`nalishini ko`rsatilgani holda.
  • Kasb-hunar kollejlari uchun mutaxassisligi bo`yicha tanlagan malakasini ko`rsatilgan holda.

 

To`liq ma’lumot: www.markaz.uz

sspoDavlatimiz rahbarining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish asosida yangi o’quv yili boshlanishi oldidan kollej rasmiy veb saytini ishaga tushirildi. Saytda kollej hayoti, ta’limga oid yangiliklar, o’quvchilar va o’qituvchilar uchun qiziqarli bo’lgan ma’lumotlar aks ettirib boriladi